Husiylar Qizil dengizdagi AQSH kemasi tomon raketa uchirdi
Yaman husiylari Qizil dengizning janubiy qismida harakat qilayotgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Laboon kemasini raketa bilan urdi.

Yaman husiylari Qizil dengizning janubiy qismida harakat qilayotgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Laboon kemasini raketa bilan urdi.
Amerika qo‘mondonligining taʼkidlashicha, qiruvchi samolyot Yaman qirg‘oqlari yaqinidagi Hudayda yaqinida raketani urib tushirgan.
“Qizil dengiz janubida operatsiya o‘tkazayotgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Laboon kemasi yo‘nalishi bo‘yicha Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Husiylar hududidan kemaga qarshi qanotli raketa uchirildi”, — deyiladi Amerika qo‘mondonligida.
Eslatib o‘tamiz, jumaga o‘tar kechasi AQSH va Buyuk Britaniya samolyotlari va harbiy kemalari Eron ko‘magida so‘nggi paytlarda Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qila boshlagan Yamandagi husiy isyonchi guruhiga zarba bera boshladi.







