Iqtisodiyot

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB-” “barqaror” xalqaro kredit reytingini o‘zgarishsiz saqlab qoldi

AJ 2023 yilning oktyabr oyida xalqaro kredit reytinglarini yangilash bo‘yicha tizimli ishlarni boshlagandi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB-” “barqaror” xalqaro kredit reytingini o‘zgarishsiz saqlab qoldi

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023 yilning oktyabr oyida xalqaro kredit reytinglarini yangilash bo‘yicha tizimli ishlarni boshlagan edi. Joriy yilning 11 yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik jamiyatining xalqaro indikativ reytingini “BB-“ “Barqaror” darajada baholadi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada eʼlon qildi.

 

Taʼkidlash lozimki, xalqaro reyting ko‘rsatkichlari yilda bir marotaba yangilanadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023 yilning yanvar oyida ilk bora “BB-“ “Barqaror” kredit reytingi bilan baholangan. Oradan bir yil o‘tib, ushbu “BB-“ “Barqaror” kredit reytingini saqlab qolishga erishildi. 

 

 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga mazkur darajani berishdan avval “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida jamiyatning faoliyati tahlil qilindi. Bunda  aksiyadorlik jamiyatining nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati o‘rganildi, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda boshqa yo‘nalishlar ham chuqur tahlil qilindi.

 

Yana bir muhim jihat, jamiyatga kiritilayotgan investitsiya ko‘lamining jozibadorligi va uni boshqarish salohiyati, kredit yukini kerakli darajada nazorat ostiga olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasi mazkur ijobiy natijaga erishishga xizmat qildi.

 

“BB-“ darajasi kredit xavflari mavjud bo‘lishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.

 

Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni jahonning investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"