Italiyada XV asrga oid bino to‘y paytida qulab tushdi
Raqsga tushayotgan o‘nlab mehmonlar to‘rt metr balandlikdan pastki qavatga qulagan.

Italiyaning Toskana shahridagi to‘y fojia bilan yakunlandi.
Raqs paytida XV asrga oid monastir qulab tushgan va o‘nlab odamlar to‘rt metr balandlikdan pastki qavatga qulagan.

Hodisa oqibatida 35 kishi tan jarohati olgan. Ularning 6 nafari og‘ir ahvolda. Jarohatlanganlar zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tergov ishlarini olib bormoqda.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.








