Namangandagi tug‘uruqxonada ayol 4 nafar egizagi bilan vafot etdi
SSV holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Namanganda 4 nafar egizak va ularning 21 yoshli onasi vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni Namangan shahridagi shifoxonada 21 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirayotgan vaqtida homila tushishi kuzatilgan. Homilalarning vazni 410 gr, 380 gr, 390 gr va 400 grammdan iborat bo‘lgan.
15 yanvar kuni esa ayolning ham ahvoli keskin yomonlashib vafot etgan.







