Rossiyadagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
Yana 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 3 nafar o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi.
FVVning maʼlum qilishicha, YTHda Gazel va O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan Lada Largus avtomobili to‘qnashib ketgan. Jami 7 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, qolgan 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi orqadan kelayotgan Gazelni payqamagan holda qayrilmoqchi bo‘lgan.
Ayni vaqtda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.







