20 mln dollarni o‘zlashtirishda ayblangan amaldor o‘z ishiga qaytdi
Maʼlum qilinishicha, uning aybi o‘z isbotini topmagani uchun ozod qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 20 mln AQSH dollari mablag‘ni o‘zlashtirishda ishtirok etganlikda gumonlanib Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov qo‘lga olingani aytilgan xabarlar tarqalgandi.
17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Erkin Mansurov ko‘rinish berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, uning aybi isbotlanmagani sababli ishdan olinmagan va ayni paytda o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.







