O'zbekiston

“Paxtakor” klubi sotuvga qo‘yildi

Aktivni sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

“Paxtakor” klubi sotuvga qo‘yildi

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini ma’lum qildi. Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:

 

  • futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;

 

  • futbol klubi balansidagi barcha sport obyektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;

 

  • “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.

 

Aktivni sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi:

 

Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, GAROV puli kelib tushgani, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki nomaqbulligi, talabgor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslardan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek, yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagani, shuningdek, kelajakda bunday ro‘yxatlarga kirish ehtimolining pastligi ko‘rib chiqiladi.

 

Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), garov puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Paxtakor” klubi sotuvga qo‘yildi | Zamon.uz