Toshkentda qurilish mollari saqlanayotgan konteyner yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVV maʼlumot berdi.

Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida qurilish mollari saqlanayotgan konteyner yonib ketdi.
Qayd etilishicha, soat 17:16 da Bektemir tumani Porloq ko‘chasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inga 4 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da yetib borib, soat 17:44 da o‘rab olinib, 17:54 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.







