O'zbekiston

Eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur — Prezident

Davlat rahbari Bosh vazirga bir nechta hokimlarga intizomiy chora ko'rish vazifasini topshirdi.

Eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur — Prezident

 

Davlatimiz rahbari eksport sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qildi. Kompleks rahbariyati va hokimlarning 2024-yil uchun eksport rejasi yetarli emasligi qayd etildi.

 

"Iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun, eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur", - dedi Prezident.

 

Lekin, o‘tgan yili 2 ta drayver tarmoq va 4 ta hududda 2022 yilga nisbatan eksport hajmlari kamaydi. Shuningdek, 10 ta tuman va shaharda eksport oldingi yil ko‘rsatkichini yarmiga ham yetmadi.

 

Shu munosabat bilan Bosh vazirga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimining investisiya bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora ko‘rish topshirildi.

 

Meva-sabzavot eksporti uchun xorijiy davlatlarning fitosanitar ruxsatlari olinganiga qaramasdan, ulardan to‘liq foydalanilmayapti. Masalan, Yaponiyaga 58 turdagi meva-sabzavotga fitosanitar ruxsat olingani bilan, 52 turi bo‘yicha, Hindistonga 38 tadan 32 tasi, Pokistonga 22 tadan 18 tasi, AQSHga 15 tadan 11 tasi bo‘yicha eksport bo‘lmadi.

 

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va hokimlarning investisiya bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida mahsulotlar eksportini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘qligi tanqid qilindi. Endilikda agentlik nafaqat fitosanitar ruxsat olish, balki qishloq xo‘jaligi eksportini tashkillashtirish uchun ham mas’ul bo‘ladi. Buning uchun karantin tizimi, ish uslubi va yondashuvlari to‘liq o‘zgaradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur — Prezident | Zamon.uz