Peruga 200 dan ortiq qadimiy artefaktlar qaytarildi
Ular mamlakatga AQSH, Germaniya, Belgiya, Kanada va Ispaniya davlatlaridan olib kelingan.

Peru hukumati dunyo bo‘ylab turli muzey va kolleksionerlardan o‘ziga tegishli bo‘lgan 200 dan ortiq qadimiy artefaktlarni muvaffaqiyatli qaytarib oldi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, haykaltaroshlik, kulolchilik va to‘qimachilik asboblarni o‘z ichiga olgan baʼzi obyektlarning yoshi 2000 yildan oshadi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, ular Peruga AQSH, Germaniya, Belgiya, Kanada va Ispaniya davlatlaridan olib kelingan. Qadimiy buyumlar orasida mamlakat hududida hukmronlik qilgan Inklar imperiyasi madaniyatining o‘nlab haykallari ham bor bo‘lib, bu hukumat tomonidan tarixiy ashyolarni qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarining bir qismi hisoblanadi.







