Yashnobodda 600 million dollarlik xorijiy investitsion loyihalar ishga tushmoqda
Tuman hokimi Xitoyga tashrifi doirasida bir qator kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy yilning 16 yanvar kuni Yashnobod tumani hokimi B. Raxmankulov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Pekin shahrida "China Construction Fifth Engineering Division" va "HYPER FINANCE GROUP" MCHJ bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuv davomida uch tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida, “Biznes markazlar, zamonaviy turar-joy majmualari va savdo markazlari qurilishini tashkil etish loyihasini”ni tashkil etish borasida 600 AQSH dollarlik 3 tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Uchrashuv yakunida tuman xokimi B.Raxmankulov, "Hyper Finance Group" va "China Construction Fifth Engineering Division" bilan jadal hamkorlik va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli biz kerakli natijalarga va istiqbolli loyihalarda katta muvaffaqiyatlarga erisha olishimizni taʼkidladi.







