"Paxtakor" stadioni sotuvi 2 kunda to‘xtatildi
16-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.

16-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.
18-yanvar kuni esa Davaktiv agentligi sotuv jarayoni to‘xtatilganini maʼlum qildi.
"O‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda, “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatildi", — deyiladi agentlik xabarida.







