O'zbekiston

Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin

Jang 17 fevral kuni Saudiyada bo‘lib o‘tadi.

Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin

 

Bahodir Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin. Bu xabar amerikalik taniqli jurnalist Den Rafael tomonidan tarqatildi. Ammo hozircha turnir tashkilotchilari bu maʼlumotni rasman tasdiqlashgani yo‘q.    

 

Shu yilning 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi.

 

Oqshomning asosiy jangi superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kechadi. Unda WBC chempioni Tayson Fyuri qolgan kamarlar sohibi Aleksandr Usikka qarshi ringga ko‘tariladi.

 

"Kingdom Arena" mezbonlik qiluvchi ushbu prof boks kechasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Buni Top Rank promouterlik kompaniyasi rasmiylari ham tasdiqlashgandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo‘lqop ustamiz shu kuni chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi ringga chiqadi. Bu xabar amerikalik taniqli jurnalist Den Rafael tomonidan tarqatildi. Ammo hozircha turnir tashkilotchilari bu maʼlumotni rasman tasdiqlashgani yo‘q.

 

Taʼkidlash joiz, 29 yoshli Prashovich professional faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba (14 nokaut) va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini 2021 yilda birinchi og‘ir vaznda WBO chempioni Lourens Okolidan qabul qilib olgan. Shundan so‘ng u Ayzek Chemberlen va Aleksey Papinga ham imkoniyatni boy berdi. Keyin esa Prashovich superog‘ir vazn toifasiga o‘tdi va ikki g‘alabaga erishdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin | Zamon.uz