O‘tgan yili O‘zbekistonning iqtisodiy holati qanday bo‘lgan?
Statistika agentligi ma’lumotlarni ochiqladi.

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:
•yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106 %
•sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 106 %
•qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 106,4 %
•chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 109,1 %
•bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 113,7 %
•qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 104,1 %
•tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 123,9 %
•eksportning o‘sish sur’ati – 123,8 %
•importning o‘sish sur’ati – 124 %
•faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 485 024 ta
•transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 101,8 %
•transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 104,2 %
•aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 104,6 %.







