Robaxon Maxmudova “Adolat” SDP raisi etib saylandi
Bugun partiya Siyosiy Kengashining Plenumi o‘tkazildi.

Bugun, 20 yanvar kuni “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda partiyaning 2023 yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024 yilgi faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.
Partiya raisligiga Maxmudova Robaxon Anvarovna nomzodi ko‘rib chiqilib, Siyosiy Kengash aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.







