O'zbekiston

6 ta vazirlik ishonch telefonlari “ishonchsiz” bo‘lib chiqdi

Antikorrupsiya agentligi bu bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

6 ta vazirlik ishonch telefonlari “ishonchsiz” bo‘lib chiqdi

Qayta aloqa tizimlari faoliyatidagi qonunbuzilishi holatlari uchun ayrim vazirlik va hokimliklarga taqdimnoma kiritildi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasi, shuningdek, ishonch telefonlari faoliyatining sifati “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri orqali o‘rganib borilmoqda.

 

Bunday tadbirlar orqali qayta aloqa tizimining samaradorligi darajasi telefon qo‘ng‘iroqlarga o‘z vaqtida javob berilishi, aloqa raqamlari orqali ariza, taklif va shikoyatlar qoldirish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek, murojaat etuvchilarga real vaqt rejimida o‘zlari masʼul bo‘lgan sohaga oid tushuntirish va yuridik maslahatlar berish mexanizmi joriy etilganligi baholanadi.

 

Jumladan, 2024 yil 10-16 yanvar kunlari davomida 21 ta vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.

 

O‘rganishlarda qator vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan idoraviy aloqa (ishonch telefonlari) raqamlari orqali bir necha bor bog‘lanishga harakat qilinganda, qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.

 

Ayrimlarida esa “Ishonch telefonlari xizmat faoliyati reglamenti”ga muvofiq, telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uzluksiz (dam olish kunlarisiz) tunu kun 24/7 rejimida amalga oshirilishi to‘g‘risida maʼlum qilingan bo‘lsa-da, o‘rganish davomida mazkur aloqa raqamlari ishchi holatda emasligi aniqlandi.

 

Shu kabi qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha 6 ta vazirlik (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Qishloq xo‘jaligi, Transport, Energetika va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va 2 ta viloyat hokimligi (Andijon va Namangan viloyati hokimligi)ga taqdimnomalar kiritildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

6 ta vazirlik ishonch telefonlari “ishonchsiz” bo‘lib chiqdi | Zamon.uz