O'zbekiston

O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov vafot etdi

Aktyor 90 yoshda edi.

O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi.

 

Aktyor 1934 yilning 30 noyabrida Toshkentdagi Saryog‘chi (hozirgi Beshqayrag‘och) mahallasida tug‘ilgan. 1956 yili avvalgi O‘zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u “Mehnat-shuhrati” ordeni (2001 yil) sohibi ham hisoblanadi.



Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli "O‘limdan kuchli" spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon ("Gang uzra tong"), Bakir (“Maftuningman”), Amir Nasrullo (“Nodirabegim”), Ota Maqsumov ("Uzoq-yaqin yillar"), Mirzakarimboy ("Parol – Regina mehmonxonasi"), Dadaboy ("Qo‘qon voqeasi") kabi obrazlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarini zo‘r ehtiros va jo‘shqinlik bilan ijro etgan, qahramonlar xarakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalangan, oz harakatda ko‘p maʼno anglatishga, qahramonining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalarini tabiiy ifodalashga intilgani eʼtirof etilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov vafot etdi | Zamon.uz