O'zbekiston

Prezidentga sportdagi natijalar bo‘yicha axborot berildi

Maʼlum qilinishicha,“Besh tashabbus olimpiadasi” respublikada jismoniy madaniyatni yana-da keng yoyishga xizmat qilmoqda.

Prezidentga sportdagi natijalar bo‘yicha axborot berildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida erishilgan natijalar va xalqaro musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi.

 

Mamlakatda sport ancha ommalashgan, yoshlar sportsevar. Davlat rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” jismoniy madaniyatni yana-da keng yoyishga xizmat qilmoqda.

 

O‘tgan yili mazkur olimpiada doirasidagi musobaqalarda 6 million 400 ming nafar yoshlar qamrab olindi. Sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan, olis va chekka hududlardagi mahallalarda 449 ta namunaviy sport maydonchasi barpo etildi.

 

Besh bosqichli ommaviy musobaqalarda qariyb 12 ming nafar iqtidorli yoshlar tanlab olinib, sport maktablariga yo‘naltirildi. Sohadagi har bir maktab muayyan sport turlariga ixtisoslashtirilib, yangi inventar va anjomlar bilan taʼminlandi. Bularning natijasida milliy terma jamoalarga sportchi yetkazib berish ko‘rsatkichi ham oshmoqda.

 

Professional sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilmoqda. Ayni kunlarda Janubiy Koreyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasida IV qishki olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha sportchilarimiz ishtirok etmoqda.

 

Maʼlumki, bu yil Parij shahrida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Hozirga qadar atletlarimiz ularga, mos ravishda, 17 ta va 34 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Sportchilarimizning yana yo‘llanmalar olishi va musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

 

2025 yilda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Olimpiya shaharchasi qurilishi jadal davom etmoqda.

 

Joriy yilda ijtimoiy dasturlar doirasida 42 ta sport inshooti qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” qamrovini yana-da kengaytirgan holda, ishtirokchilar sonini 7 millionga yetkazish mo‘ljallangan. Sport maktablarida qo‘shimcha mingdan ortiq guruhlar ochish ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbari sport taʼlimini rivojlantirish, sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentga sportdagi natijalar bo‘yicha axborot berildi | Zamon.uz