O'zbekiston

"Mahalla yettiligi" xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari yanada rivojlantiriladi

Bugundan Davlat boshqaruvi akademiyasida Respublika bo‘ylab “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlovchi trenerlar o‘qitilishiga start berildi.

"Mahalla yettiligi" xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari yanada rivojlantiriladi

Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” bugun tom maʼnoda fuqarolarning deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda, ularga qulay shart-sharoit yaratishda xizmat qiladigan muhim tizimga aylanib ulgurdi.

 

Ushbu tizimni yana-da samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qator vazifalar belgilab berilgan. Hususan, “mahalla yettiligi”ni tashkil qiluvchi davlat xizmatchilarini zamonaviy tajribalar asosida o‘qitish hamda qayta tayyorlash shular jumlasidandir.

 

Respublikamizda 10 mingga yaqin mahallalar borligi, hamda mavjud “mahalla yettiligi” vakillarining umumiy soni 55 mingdan ortiqligi inobatga olinsa, ularni qayta tayyorlash ko‘p vaqt va resursni talab etuvchi mushkul ishdek tuyulishi mumkin.

 

Endilikda ushbu vazifani bajarish maqsadida trenerlarni o‘qitish jarayoni boshlandi. Ular esa o‘z o‘rnida Respublika bo‘ylab tarqalib,  “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlash, zamon talabidagi bilim va tajribani yetkazish vazifasi bilan shug‘ullanadilar.

 

Bugun Akademiyada tashkil etilgan maxsus o‘quvda Jizzax, Sirdaryo,  Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan jami 157 nafar trenerlar ishtirok etmoqdalar. Qolgan viloyatlardan trenerlarni tayyorlash 25-26 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

 

Maxsus o‘quv dasturining ochilish marosimida Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A. Bekmurodov so‘zga chiqib, mahallalarning bugungi kunda hayotimizda tutgan o‘rni hamda ushbu o‘quvlardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

 

Shundan so‘ng Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O. Xasanov yig‘ilganlarga "mahalla yettiligi"ni o‘qitishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi to‘g‘risida gapirdi.

 

Maʼlumot uchun: Barcha trenerlar Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yilning 23-26 yanvar kunlari   tayyorlanadi. 2024 yil 29 yanvaridan 25 fevraliga qadar Respublikadagi mavjud 55 mingdan ortiq "mahalla yettiligi"ga kiruvchi masʼullar o‘qitiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Mahalla yettiligi" xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari yanada rivojlantiriladi | Zamon.uz