O'zbekiston

O‘zbekiston 2027−2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Qo‘shilmaslik harakatining barcha aʼzolari 2027−2029 yillarda harakat raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston 2027−2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya 19−20 yanvar kunlari Ugandaning Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammitida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

 

Uchrashuvda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan, shuningdek, global miqyosda tinchlik va barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashda harakatning mavjud salohiyatidan foydalanish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

 

Yig‘ilishda harakatning barcha aʼzolari 2027−2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Delegatsiya buning uchun ularga minnatdorlik bildirib, ishtirokchilarni O‘zbekistondagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida maʼlumot bergan.

 

TIV rahbari o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev o‘z nutqida xalqaro transport tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish, iqtisodiy va moliyaviy tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha harakat doirasida yaqin hamkorlikni tashkil etish zarurligini taʼkidlagan.

 

«Mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni kuchaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarni safarbar etish muhimligi qayd etildi», — deyiladi xabarda.

 

Tadbirda 100 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, davlat, hukumat, tashqi ishlar idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etgan.

 

Maʼlumot uchun, Qo‘shilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni o‘z tashqi siyosatining asosi etib eʼlon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston 2027−2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi | Zamon.uz