Eng dolzarb

O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi

Toshkent shahri atmosferasi 15 ta avtomatik stansiya orqali monitoring qilinadi.

O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi

Toshkent shahri atmosferasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan 15 ta avtomatik stansiya orqali monitoring qilinadi.

 

Monitoring davomida havodagi chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, uglerod oksidi, fenol, ftor vodorod, ammiak, formaldegid, og'ir metallar, PM10 va PM2,5 mayda zarralari kuzatiladi.

 

Atmosferaning ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar Ekologiya vazirligining eco.gov.uz/uz/meteo/index saytiga integratsiya qilindi.

 

Bu ma’lumotlar, shuningdek, IQAir veb-saytida hamda “O‘zgidromet”ning monitoring.meteo.uz platformasida ham berib boriladi.

 

Saytdagi havoning ifloslanishi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalari (JSST) bilan taqqoslanadi. JSSTning tavsiyalari qat’iy, ammo respublikamizning geografik va iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bunday ko‘rsatkichlarga erishish qiyin.

 

Unga ko‘ra, PM 2,5 ning o‘rtacha yillik miqdori 5 mkg/m3, o‘rtacha sutkalik miqdori 15 mkg/m3. Dunyoning hech bir mamlakatidagi ko‘rsatkichlar JSST tavsiya etgan standartlarga muvofiq emas, ko‘p davlatlar o‘z milliy standartlarini qabul qilgan.

 

Ma'lumot uchun, AQSh va Meksikada bu standart 12 mkg/m3, Belarus va Yaponiyada – 15 mkg/m3, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida – 25 mkg/m3, Rossiyada – 20 mkg/m3, Xitoyda 35 mkg/m3, Hindistonda esa 40 mkg/m3. Janubiy Koreyada PM 2.5 standarti yo‘q.

 

Ta’kidlash joizki, ayni damda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, havodagi mayda zarrachalar miqdori va ularning aholiga ta'siri bo‘yicha milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi. 2023-yilda loyiha doirasida Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining atmosfera havosi ifloslanishidan kasallanish darajasini o‘rganish boshlandi.

 

Shu bilan birga, respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasining joriy ko'rsatkichi ma'lum bir hudud uchun ustuvor ifloslantiruvchi moddalardan kelib chiqqan holda hisoblangan Atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi (AII) hisoblanadi.

 

JSST tavsiyalariga ko'ra, havoning ifloslanishi salomatlik uchun xavfli bo‘lib, insult, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi xastaliklari va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi | Zamon.uz