O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi

Bugun Adliya vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi

Bugun Adliya vazirligi tomonidan Davlat Rahbarining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda kuni kecha qabul qilingan Farmonning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

 

Birinchidan, 2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilanmoqda. Bunda:

 

– ijara muddati – 30 yil, boshlang‘ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

– auksion g‘oliblariga yer narxini 3 yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolarga esa – 5 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

– ochiq elektron tanlovga chiqarilib, g‘olib aniqlanmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini avtomatik ravishda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Ikkinchidan, 2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etilmoqda. Bunda:

– shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda holda o‘tkaziladi;

– ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak;

– ijaraga oluvchi auksion yoki ochiq elektron tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qo‘shimcha to‘lov majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart;

– yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Uchinchidan, garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar garovi bilan taʼminlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunga ko‘ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

 

To‘rtinchidan, agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish tartibi bekor qilinmoqda. Bunda, agrosanoat klasterlari yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibida ijaraga olishlari mumkin.

Shu bilan birga, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hollaridan tashqari barcha hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar barcha shaxslardan to‘liq undirilishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi | Zamon.uz