Andijonda prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytildi
Holat bo‘yicha BP rasmiy bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari tadbirda pora bilan qo‘lga tushganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishni vaʼda qilib, firibgarlik yo‘li bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibida ushlangan.
Taʼkidlanishicha, Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari tadbirda pora bilan qo‘lga tushganligi haqidagi maʼlumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.







