AQSH Iroqdagi jangarilarga javob qaytardi
Bu haqda Pentagon rahbari bayonot berdi.

AQSH Iroqdagi amerikalik xizmatchilarga uyushtirilgan hujumlarga javoban Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangarilarga tegishli obʼektlarga zarbalar berdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin maʼlum qildi.
“AQSH kuchlari Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Kataib Hizbulloh” va boshqa guruhlar tomonidan foydalaniladigan uchta obyektga kerakli va mutanosib ravishda zarbalar berdi”, — deyiladi uning bayonotida.
Zarbalar Iroq va Suriyadagi AQSH va koalitsiya harbiylariga qilingan qator hujumlarga javob sifatida amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, oktyabr oyi o‘rtalaridan buyon ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi kurash koalitsiyasining bir qismi bo‘lgan Amerika va ittifoqchi kuchlari Iroq va Suriyada 150 dan ortiq hujumga uchragan.







