Bugun O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi
25-yanvar uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

Bugun, 25 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir kechqurun qorga aylanishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlarida 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir kechqurun qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.







