O'zbekiston

JSST qizamiqqa qarshi shoshilinch emlanishga chaqirdi

Kasallikni yuqtirish 2022 yilga nisbatan 30 barobar ko‘p qayd etilgan.

JSST qizamiqqa qarshi shoshilinch emlanishga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi "ko‘hna qitʼa" davlatlarini zudlik bilan qizamiqqa qarshi emlash kampaniyalarini o‘tkazishga chaqirdi.

 

Bu shoshilinch tavsiyalar bejiz aynan shu kunlarda o‘rtaga chiqqani yo‘q. Chunki mintaqada o‘tgan yil davomida ushbu kasallikni yuqtirish holatlari 2022 yilga nisbatan 30 barobar ko‘p qayd etilgan.

 

Ekspertlar buni pandemiya davrida qizamiqqa qarshi vaksinatsiya qamrovi keskin pasaygani bilan izohlamoqda. Oqibatda 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida bu kasallikka chalingan bemorlar soni 30 ming nafardan oshdi. Vaholanki, mazkur statistika 2022 yilda atigi 941 tani tashkil etgan edi.

 

JSST prognoziga ko‘ra, so‘nggi oylarda qizamiq bilan kasallanish holatlari yana ko‘paygan va shoshilinch choralar ko‘rilmasa, bu tendensiya davom etishi ehtimoli yuqori.

 

Hozir qizamiq rasman endemik deb eʼlon qilingan davlatlarda o‘sish dinamikasi kuzatilyapti. Xususan, Buyuk Britaniya xastalik ko‘payishi ortidan mamlakatda milliy favqulodda holat rejimini joriy etishga majbur bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha 2022 yilda emlash qamrovi 2021 yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, ammo shunda ham 33 million bola qizamiqqa qarshi emlash dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz bunday vaksinalarning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

JSST qizamiqqa qarshi shoshilinch emlanishga chaqirdi | Zamon.uz