O'zbekiston

Rossiyada emaklab yurishga majburlangan migrantlar bo‘yicha izoh berildi

Maʼlum qilinishicha, ular reyd paytida qochishga uringan.

Rossiyada emaklab yurishga majburlangan migrantlar bo‘yicha izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qurilish maydonlarining birida reyd o‘tkazilgani va unda bir guruh muhojirning o‘rdaksimon yurishga majburlangani aks etgan videolar tarqalgandi.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lganini maʼlum qildi. 

 

Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 17 yanvar kuni Yekaterinburg shahrida joylashgan qurilish maydonlarining birida sodir bo‘lgan. Unda huquq-tartibot idoralari qurilish obyektlarida ishlayotgan migrantlarga reyd o‘tkazgan va ularga nisbatan g‘ayriinsoniy usullarni qo‘llab, kamsitgan. 

 

Bildirilishicha, ushbu qurilish ishlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari vaqtincha ishlab kelgan. Reyd davomida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham ushlangan. So‘ngra ular patentsiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani sababli sudning qarori asosida Yekaterinburg shahri Gornistov 15/4-uyda joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirilgan.

 

O‘zbekiston fuqarolarining so‘zlariga ko‘ra, emaklab yurishga majburlangan migrantlar huquq-tartibort organlari xodimlari qurilish binosiga kirgan vaqtda qochishga harakat qilgan.  Ammo binoning orqa tomonidan qochyotgan vaqtida qo‘lga olingan. Fuqarolarning ushbu harakatlariga javoban huquq-tartibort organlari xodimlari ularni o‘tirib yurishga majbur qilgan.

 

“Hozirgi vaqtda ushbu holat mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan hamda yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa shakldagi yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Rossiyada emaklab yurishga majburlangan migrantlar bo‘yicha izoh berildi | Zamon.uz