O'zbekiston

O‘zbekiston va Xitoyning Birinchi xonimlari uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva Xitoy xalqini oy taqvimi bo‘yicha kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi.

O‘zbekiston va Xitoyning Birinchi xonimlari uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi  Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ziroat Mirziyoyeva O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarning ildizlari juda uzoq o‘tmishga borib taqalishi, xalqlarimizning boy tarixi va madaniyati bugun do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarimizga muhim asos bo‘lib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

 

Do‘st Xitoy xalqini oy taqvimi bo‘yicha kirib kelayotgan Yangi yil – Chun Sze bayrami bilan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Pen Liyuan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan qaror topgan yaqin do‘stona munosabatlarni qadrlashi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

 

Suhbat har doimgidek samimiy muhitda o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Xitoyning Birinchi xonimlari uchrashdi | Zamon.uz