Jahon

Berlin Germaniyani mudofaa qilishning yangi rejasini tayyorlamoqda

U mart oxirigacha tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Berlin Germaniyani mudofaa qilishning yangi rejasini tayyorlamoqda

 

Bundesver xavfsizlik idoralari, favqulodda xizmatlar va ittifoqchilar bilan birgalikda mamlakatni himoya qilish uchun maxfiy rejani ishlab chiqmoqda. "Sovuq urush" davri tugaganidan beri birinchi marta bunday choralar ko‘rilmoqda.

 

Bundesver tahdidlarning bir necha turini qayd etdi, ularning baʼzilari allaqachon kuzatilmoqda. Gap soxta yangiliklar va dezinformatsiya haqida ketmoqda. Buning yordamida dushman hokimiyat, jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalarining qarorlariga taʼsir o‘tkazishga harakat qilmoqda.

 

Energetika va telekommunikatsiya tarmoqlariga kiberhujumlar qayta boshlanishi kutilmoqda. Shuningdek maqsadli josuslik va boshqa tahdidlar sanab o‘tilgan.

 

Bundesverga ko‘ra, reja mart oyining oxiriga qadar tayyor bo‘lishi kerak.

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

AQSh prezidenti muzokaralar natijasi Rossiya va Ukrainaning pozitsiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida xorijliklar ham bor.

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

Tramp ma’muriyatida bu masalada kelishmovchilik bor: ayrimlar zarbalarni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tinchlik muzokaralariga zarar yetishidan xavotirda.

Britaniyada jazirama oqibatlari: 5 258 kishi halok bo‘ldi

Britaniyada jazirama oqibatlari: 5 258 kishi halok bo‘ldi

2026-yil yozi 1884-yildan buyon mintaqadagi eng issiq yoz bo‘lgan.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.