Sement solingan qoplar ichidan qariyb 10 kilogramm “opiy” narkotik moddasi topildi
Ushbu narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan.

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada sement mahsulotlari solingan qoplar ichiga yashirib qo‘yilgan 10 dona o‘ramda 9 kg. 754 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu ajal og‘usini Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.
Ushbu narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan.







