Toshkentning ikkita tumani “svet”siz qoldi
Holat bo‘yicha Energetika vazirligi maʼlumot berdi.

Bugun soat 17:30 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Botanicheskaya-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari isteʼmolchilari qisman (3500 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.







