AQSHda erkak kishi parkdan 7 karatlik olmos topib oldi
AQSHning Arkanzas shtati, Payk okrugida joylashgan "Krater Daymonds" shtat bog‘ida erkak kishi og‘irligi 7 karatdan ortiq bo‘lgan qimmatbaho tosh topib oldi.

AQSHning Arkanzas shtati, Payk okrugida joylashgan "Krater Daymonds" shtat bog‘ida erkak kishi og‘irligi 7 karatdan ortiq bo‘lgan qimmatbaho tosh topib oldi.
Fox News xabariga ko‘ra, Parijda yashovchi Jyulyen Navas Amerikada bo‘lganida Arkanzasdagi Olmos krateri shtat parki haqida eshitib, hayajonlangan. Insonning bunday qiziqishi uning ilgari oltin va toshga aylangan ammonitni qidirish bilan shug‘ullanganligi bilan bog‘liq.
J.Navas istirohat bog‘idan olmos qidirish uchun komplekt sotib olib, qimmatbaho toshlarni qidira boshlaydi. Bir necha soat o‘tgach, u o‘z topilmalarini bog‘ning olmos qidirish markaziga olib bordi, u yerda 7,46 karatli jigarrang olmos aniqlandi.
Navas parkga kelishidan bir necha kun oldin kuchli yomg‘ir yoqqan. U tuproqning bir qismini yuvib yuborgan. Buning natijasida yer yuzasida og‘ir toshlar, minerallar va olmoslar paydo bo‘lgan.
Navas bu toshni kelini Karin sharafiga nomlagan. U toshni ikkita olmos qilib kesib, birini keliniga, ikkinchisini qiziga berishni rejalashtirgan.







