Salomatlik

Endi dorilar reklamasi SSV ruxsatisiz efirga uzatilmaydi

Bu Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Endi dorilar reklamasi SSV ruxsatisiz efirga uzatilmaydi

2024 yilning 1 iyulidan boshlab  dorilar va BFQ (Biologik faol qo‘shimchalar)ning teleradiokanallardagi reklamasi SSV xulosasi asosida efirga uzatiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 23 yanvar kuni imzolangan farmatsevtika sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qarorda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezda aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi.

Tizim xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni taʼminlaydi:

  • zarur farmakologik nazorat amaliyoti (GVP) standartini joriy etish;

  • Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimining barcha bo‘g‘inlaridan dori vositalarining nojo‘ya taʼsirlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish.

 

Dori vositalarini tibbiy amaliyotda qo‘llashga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi ham joriy etiladi. Bunda, SSV tomonidan inson salomatligiga zarar yetkazish xavfi yuqori bo‘lgan moddalar ro‘yxati shakllantiriladi.

 

Shu bilan birga, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi.

 

Qarorga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda zarur saqlash amaliyoti (GSP) talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Endi dorilar reklamasi SSV ruxsatisiz efirga uzatilmaydi | Zamon.uz