Mualliflik va turdosh huquqlarni qachon, kim himoya qiladi?
Bugun ijodkorlar va shou biznes yulduzlari o‘rtasida mualliflik huquqi bo‘yicha nizolar tez-tez ko‘zga tashlanyapti. Intellektual mulk obyekti hisoblangan fan va adabiyot, sanʼat asarlari, filmlar, fonogrammalar internet tufayli hammaning “qo‘li yetadigan” “matoh”ga aylandi.

Bugun ijodkorlar va shou biznes yulduzlari o‘rtasida mualliflik huquqi bo‘yicha nizolar tez-tez ko‘zga tashlanyapti. Intellektual mulk obyekti hisoblangan fan va adabiyot, sanʼat asarlari, filmlar, fonogrammalar internet tufayli hammaning “qo‘li yetadigan” “matoh”ga aylandi.
“Intellektual mulk sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "YO‘L XARITASI"ning tegishli bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi, ushbu masalalarning media-makonda yoritilishi” mavzuidagi seminar tashkil etildi.



AOKA hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkillangan o‘quv seminarida turdosh huquqlar va hammualliflik masalalariga jurnalistik yondashuvning o‘ziga xos jihatlari; jurnalistika faoliyati va mualliflik huquqi; televideniye, radio hamda internetda mualliflik huquqi; fotojurnalistning mualliflik huquqi; maqola, intervyu va teledasturga bo‘lgan mualliflik huquqi; audiovizual asar mualliflarining huquqlari; asardan qonunga muvofiq ravishda foydalanish; davriy nashrlarda mualliflik huquqi buzilishining tahlili; jurnalistikada mualliflik huquqi obyektlari; OAVda asarlardan erkin foydalanish, boshqa mualliflarning asarlarini OAV yoritish masalalari; efir va kabel orqali uzatishni tashkillashtirishning huquqiy asoslari hamda milliy kontent yaratish tamoyillari kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi va savol-javobli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.



Xususan, davlatimiz rahbarining Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida taʼkidlab o‘tgan O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratish zarurati va talabi yuzasidan jurnalistlarga amaliy va nazariy jihatdan asoslab berildi.
Seminar yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.










