O'zbekiston

O‘tgan yili salkam 260 trillion so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan

Jami xaridlarning eng ko‘p ulushi hududlar kesimida qaysi shaharga to‘g‘ri kelgan?

O‘tgan yili salkam 260 trillion so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Jasurbek Zokirov maʼlum qildi.

 

Shundan, byudjet buyurtmachilarining xaridi 77 trln so‘mni yoki 30 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 foizga, hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning xaridi 176 trln so‘mni yoki 70 foizni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,7 foizga oshgan.

 

Davlat buyurtmachilari tomonidan 115 trln so‘mlik xaridlarni raqobatli tarzda amalga oshirish natijasida 8,2 trln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga erishildi.

 

Shuningdek, amalga oshirilgan jami xaridlarning eng ko‘p ulushi hududlar kesimida Toshkent shahri (39,6 foiz), Toshkent viloyati (14,8 foiz), Andijon viloyati (13,2 foiz) hamda Navoiy viloyatlariga (12,6 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

 

Davlat xaridlari tizimiga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish orqali sohada keng raqobat muhitini yaratish maqsadida tizimli ravishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yil 1 yanvar holatiga kelib davlat xaridlari elektron tizimlarida 231 mingta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga yaʼni 28 mingtaga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.