O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefonlashdi

Muloqotda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefonlashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev  26-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Mamlakatlar hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, avtomobilsozlik, elektrotexnika va to‘qimachilik tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan qo‘shma Taraqqiyot fondi doirasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz