Taniqli o‘zbek futbolchisi vafot etdi
Sportchi “Paxtakor”da to‘liq 10 mavsum o‘ynagan.

O‘tmishdagi taniqli futbolchilardan biri, murabbiy sifatida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Vladimir Shtern 82 yoshida vafot etdi.
Vladimir Shtern “Paxtakor”da to‘liq 10 mavsum o‘ynab, mavsum klub sharafini himoya qilganlardan biridir.
Vladimir Shtern katta sport yo‘lini mashhur murabbiy Sergey Arutyunov qo‘l ostida “Paxtakor” maktabida boshlagan. 1960 yili esa Birodar Abduraimov va Dmitriy An qatori “Paxtakor” o‘rinbosarlar jamoasi safiga qo‘shiladi. Keyinchalik Shtern “Paxtakor”ning asosiy himoyachisiga aylanadi.
Shtern futbolchilik faoliyatidan keyin futbol maktablarida ishladi. Xususan, 20 yil davomida Gennadiy Krasniskiy nomidagi bolalar va o‘smirlar maktabiga rahbarlik qildi.







