“Tashabbusli byudjet”ning yangi mavsumi qachon boshlanishi aytildi
Iqtisodiyot vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi ilk mavsumiga 1 fevraldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Bunda loyihalarni kiritish 1–20 fevral kunlari, loyihalarni saralash 21 fevral – 11 mart kunlari, ovoz berish 12–31 mart sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.







