O'zbekiston

Farg‘onada butun boshli oila is gazi oqibatida vafot etdi

Vafot etganlarning orasida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar ham bo‘lgan.

Farg‘onada butun boshli oila is gazi oqibatida vafot etdi

Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 12:30 atrofida Marg‘ilon shahar, Vatan MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning bir xonadonida istiqomat qilib kelgan, er-xotin 1967 yilda tug‘ilgan N.M., 1970 yilda tug‘ilgan Z.M., ularning qizi 1994 yilda tug‘ilgan D.I., nabiralari 2019 yilda tug‘ilgan S.M., 2017 yilda tug‘ilgan M.J. va 2021 yilda tug‘ilgan M.J.lar yashash xonadonida is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.

 

Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda marhumlar istiqomat qilgan xonadon uch xonadan iborat bo‘lib, xonadonning yopiq ayvon (balkon) qismiga o‘rnatilgan, chet elda ishlab chiqarilgan "Vaillant" isitiz qozoni (kotyol)dan tashqariga chiqarilgan mo‘risi qo‘lbola, polietilendan ishlangan bo‘lib, mo‘rini xonadan tashqariga chiqish qismidagi bir-biriga kirishgan joyi qizish hisobiga ochilib qolishi natijasida xonaga is gazi to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.

 

Mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, ko‘zdan kechirishda isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda mo‘ri tashqariga chiqarilganligi va polietilendan ishlangan mo‘ri qizishi natijasida kirishgan joyidan chiqib ketishi oqibatida, is gazi xonadonga tarqalishiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marxumlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish, o‘tkir yurak nafas yetishmovchiligi oqibatida yuzaga kelganligi aniqlangan.

 

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Farg‘onada butun boshli oila is gazi oqibatida vafot etdi | Zamon.uz