O‘zbekistonliklar o'tgan yili eng ko'p qayerga ko'chib ketgan?
2023-yil yanvar-dekabr oylarida ko‘chib ketganlar soni 233,2 ming kishini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida ko‘chib ketganlar soni 233,2 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 97,8 ming kishini, ayollar soni 135,4 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni shahar joylarida 158,7 ming kishini, qishloq joylarida 74,5 ming kishini tashkil etdi.
2023-yil yanvar-dekabr oylarida ko‘chib ketganlarni yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 10,1 % mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,4 % mehnatga layoqatli yoshdagilar va 8,5 % mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami 81,1 %), Rossiya Federatsiyasi (15,4 %), Janubiy Koreya (0,6 %), Qirg‘iz Respublikasi (0,5 %), Turkmaniston Respublikasi (0,2 %) va boshqa mamlakatlar (2,2 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 17 336 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 8 270 kishini, (47,7 %) ayollar soni esa 9 066 kishini (52,3 %) tashkil etdi.
So‘nggi 5 yil davomida xorijga ko‘chib ketganlar soni ko‘rsatkichi oylar kesimida tahlil etilganda, nisbatan kam xorijga ko‘chib ketganlar soni 2019-yilda fevral oyiga, 2020-yilda aprel oyiga, 2021-yilda dekabr oyiga, 2022- yilda avgust va 2023-yilda dekabr oylarida qayd etilgan bo‘lsa, eng ko‘p xorijga ko‘chib ketganlar soni esa 2019-yilda iyul oyiga, 2020-yilda oktabr oyiga, 2021-yilda avgust, 2022- yilda oktabr va 2023-yilda avgust oylarida qayd etilganligi kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha ko‘chib ketish koeffitsienti eng yuqorisi Toshkent shahrida 23,2 promille, Navoiy viloyatida 12,2 promille, Toshkent viloyatida 9,2 promille, eng kam ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1,6 promille, Аndijon viloyatida 2,5 promille va Farg‘ona viloyatida 2,9 promilleni tashkil etgan.
Ko‘chib ketganlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Navoiy viloyatida 141,3 % ga, Buxoro viloyatida 121,5 % ga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 119,5 % ga, Xorazm viloyatida 118,3 % ga va Toshkent shahrida 110,8 % ga teng bo‘lgan.
Ko‘chib ketganlarning koeffitsiyenti eng yuqori darajasi Toshkent shahrida 23,2 ‰, Navoiy viloyatida 12,2 ‰, Toshkent viloyatida 9,2 ‰, Sirdaryo viloyatida 8,5 ‰ va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 8,0 ‰ qayd etilgan.








