O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq bosh direktori bilan uchrashdi

Ular Samarqandda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Buyuk ipak yo‘li" muzeyi loyihasi bilan tanishdilar.

Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq bosh direktori bilan uchrashdi

Kecha, 26-yanvar kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdi.

 

Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” muzeyining loyihasi taqdimoti muhokama qilindi. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashildi.

 

"Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko‘zdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratiladi", — deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq bosh direktori bilan uchrashdi | Zamon.uz