Sharl Mishel Yevropa kengashi rahbari lavozimidan ketish haqidagi fikrini o‘zgartirdi
Siyosatchi o‘z qarorini Facebook‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

Yevropa Kengashi Prezidenti to‘satdan Yevroparlamentga saylovlarda qatnashmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Siyosatchi o‘z qarorini Facebook‘dagi sahifasida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rais sifatida qolish qarori uning muddatidan oldin isteʼfoga chiqishi ehtimoli sabab bo‘lgan keskin munosabat bilan bog‘liq va u o‘zining ketishidan Yevropa kengashini parchalash uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Mishel lavozimidan muddatidan oldin ketgan taqdirda, Yevropa Kengashi rahbari lavozimi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga o‘tishi mumkin. Chunki Vengriya 2024 yilning iyulidan dekabrigacha Yevropa Kengashiga raislik qilishi rejalashtirilgan.
Bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun YEIga aʼzo davlatlar rahbarlari Mishel o‘rniga nomzodni oldindan kelishib olishlari kerak edi. Orban ko‘pincha Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga qarshi chiqadi, xususan, dekabr oyida Vengriya Ukrainaga makromoliyaviy yordam ajratishga to‘sqinlik qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sabablarga ko‘ra YEIning ko‘pchilik aʼzolari Kengash rahbarligiga Vengriya bosh vazirining kelishiga norozi edi.







