Tomdi tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Ushbu lavozimga Orzumurod Umarov qo‘yilgan.

Tomdi tumani hokimligi majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etdi.
Viloyat rahbari Tomdi tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Yig‘ilishda Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Maʼlumot o‘rnida, lavozimga tayinlangunga qadar Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Normat Tursunov tomonidan Tomdi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Karimbayev Jusipbek Kuanishevich tayinlanganligi eʼlon qilindi.







