O'zbekiston

Toshkentda fuqaro YPX xodimlari bilan janjallashdi

Holat yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkentda fuqaro YPX xodimlari bilan janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi “Uch qahramon” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Haydovchi o‘zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilgan hamda saloni ichidan yelim idishda giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlangan.

 

Haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmaganligi sababli xodimlar tuman IIO FMBdan mutaxassislarni chaqirtirishgan. O‘rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko‘chat urug‘i ekanligi aniqlangan, haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan.

Hozirda xodimlarning harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda fuqaro YPX xodimlari bilan janjallashdi | Zamon.uz