O'zbekiston

Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar farzandiga “metrika” topshirildi

Ular tug‘ruqxonadan tashqarida tug‘ilganligi uchun guvohnoma ololmagandi.

Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar farzandiga “metrika” topshirildi

 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bir ayolning turli yoshdagi 4 nafar farzandi va bir nafar nabirasiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi. Ularning shu paytgacha guvohnoma va boshqa hujjatlari yo‘q edi.

 

Ular tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

 

Sardorbek va Sevinch 16 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo‘lmaganligi sababli ID-karta berilmagan. Oilaning o‘rtancha farzandi Sadriddin 10 yoshga to‘lgan, biroq bugungi kunga qadar umumtaʼlim maktabiga, Samariddin va Bexruzbeklar esa bog‘chaga qabul qilinmagan edi.

 

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Zulxumor opaning 4 nafar farzandlari va 1 nafar nevarasining tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan topshirildi.

 

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yangiyo‘lda bir oilaning 5 nafar farzandiga “metrika” topshirildi | Zamon.uz