Yulduz Usmonova psixologlarni tanqid qildi
Xonanda ularni firibgarlikda ayblagan.

Kecha O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yangi qo‘shig‘ini premyera qilish chog‘ida Instagram orqali muxlislari bilan jonli muloqot uyushtirgandi. Muloqot payti xonanda psixologlarni tanqid qilib, ularning firibgar ekanini aytdi.
"Psixologlarga ishonmanglar va bormanglar. Bu ojizligingiz belgisi hisoblanadi. Psixologlarning o‘zi yoki bolasi baxtsiz, puli yo‘q. Agar o‘sha psixolog zo‘r bo‘lsa, nega o‘zi boyib ketmaydi? O‘zingizning miyangiz borku, o‘z muammoyingizni o‘zingiz hal qiling.
Men Allohga ishonaman. Ularga emas. Abror Muxtor Ali doim to‘g‘risini aytadi. Psixologga 37 million berguncha shu pulni yetim-yesirlarga berish kerak. Men har qanday psixologni “archib” tashlayman”, degan xonanda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval qo‘shiqchi Jahongir Otajonov ham psixologlar haqida keskin fikr bildirib, ularning faoliyatini qoralagandi.







