Andijonda yonib ketgan bozor o‘rnida uy-joy qurilishi aytilmoqda
Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirda.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Shahrixon tumanida yong‘in bo‘lgan kompleks maydoni uy-joy qurishga ajratilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman hokimi aholiga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, savdo kompleksida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari viloyat hokimi ko‘rsatmalariga asosan katta ko‘lamda bartaraf etilmoqda.
Shuningdek, bozor hududida milliy dizayn asosida yangi loyiha barpo etilishi rejalashtirilgan.







