Toshkent city binosidan bir kishi qulab tushgani aytildi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent city hududida bir kishi 15-qavatdan qulab tushgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini taʼminlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan.
Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlangan.
Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida hech kim jabrlanganmagan.







