Namanganlik bloger 5 yilga “kesildi”
U tovlamachilik bo‘yicha sudlangan.

Bugun, 29 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudida A. A, (1974 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan, “Achchiq haqiqat” MCHJ rahbari) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Sud hukmiga muvofiq, A.Abjalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.







