Toshkent viloyatida “ko‘milgan” giyohvandlik moddalari fosh etildi
Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi maʼlum qildi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan, DXX va IIV tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va viloyat hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida aniqlangan holatda qo‘shni davlatdan olib kirilgan “tuproq zichlovchi” uskuna ichida xufiyona tarzda yashirilgan 5 dona o‘ramlarda og‘irligi 1084 gr. sintetik giyohvandlik vositalari aniqlandi.

Fuqaro ko‘rsatmasiga asosan, holatga aloqador bo‘lgan shaxsning vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, ushbu fuqaro o‘z ixtiyori bilan kir yuvish mashinasi ichida 11 dona zip paketlarda va oshxonasidagi choynak ichida 18 dona zip paketlarga solingan, hamda 1 dona tamaki mahsuloti ichida jami 60,69 gr. sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

So‘ng, fuqaroning ko‘rsatmasiga asosan o‘zi tomonidan muqaddam Toshkent viloyati Nurafshon-O‘rtasaroy yo‘lidan dala maydonidagi daraxt ostiga ko‘mib qo‘yilgan 1 dona o‘ramdagi 1033 gr. sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.







